⚡️Mart oyida tuman deputatlari hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shaffoflikni ta’minlash hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan qator masalalarni o‘rganadi va muhokama qiladi.
✅Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi hamda “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganiladi.
Mas’ul: Baitov Zoxid – “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori.
✅Kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi ishlar
Davlat kadastr bo‘limlarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinadi.
Mas’ul: Astanov Xusniddin – Davlat kadastrlar palatasi Ishtixon tumani filiali boshlig‘i.
😄Yoshlar siyosati
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganilib, natijalar komissiya yig‘ilishida muhokama qilinadi.
Mas’ul: O. Akbarov – Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i.
😄Uy-joy qurilishi (PF-11)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PF-11-sonli farmoni ijrosi, jumladan uy-joy qurilishi va ulush asosidagi qurilish jarayonlari muhokama qilinadi.
Mas’ullar: S. Ochilov va A. Ruziqulov.
😄Jinoyatchilikni oldini olish
Mahallalar kesimida jinoyatchilikni aniqlash va profilaktika samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Mas’ul: K. Yavkochdiyev – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i.
😄Ijtimoiy soha obyektlarini ta’minlash
Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini chiqindi konteynerlari bilan ta’minlash masalasi muhokama qilinadi.
Mas’ullar: Sh. Uraqov va S. Safarov.
😄Kengashning asosiy vazifalari
– Deputat so‘rovlari ijrosini nazorat qilish
– Saylovchilar bilan ochiq va muntazam muloqot olib borish
– Amaldagi va yangi qabul qilingan qonunlar targ‘ibotini kuchaytirish
😄Tashkiliy tadbirlar
– Sessiyalar va komissiya yig‘ilishlariga puxta tayyorgarlik
– OAV bilan hamkorlik va ochiq axborot siyosatini yuritish
– Yangi qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish
– Sessiya qarorlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish
– Islohotlar yuzasidan chiqishlar va tahliliy materiallar tayyorlash
🔝Barcha masalalar tegishli bo‘lim va tashkilotlar bilan hamkorlikda muhokama qilinadi.
🔝Maqsad – ochiqlik, shaffoflik va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish.