Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

  Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov va Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati N.Turdiyevlar tomonidan Oqoltin tumani “Yangi davr” mahallasi hududida joylashgan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport zali va undagi sport anjomlari mavjudligi, jihozlarining holati o‘rganildi. 

O‘rganish davomida bolalar uchun voleybol hamda futbol kopto‘glari, sport to‘shagi (mat), gimnastika otiga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. 

Deputatlar tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda muammolar yechimini ijobiy hal qilish choralarini ko‘rishni rejalashtirib oldilar. 

  

✍️ Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.  

Slide 1 of 5