Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman kengashi deputati S.Axmedov hududdagi invistitsiyalar bo'yicha holatni o'rganish maqsadida Nurobod MFY da joylashgan SPACE-S MCHJ da bo'ldi va jamiyat rahbari B.Sobirov bilan hamkorlikda sanoat korxonalari uchum mahsus liftlar va turli o'lchadagi escalatorlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Korxonada hozirgi kunda ishlab chiqarish va mantaj ishlarida 103 nafar malakali hodimlar ish olib bormoqda. Xitoy halq respublikasi tadbirkorlari bilan shartnoma asosida ish olib borayotgan mchj raxbari kelgusida yana 50 o'ringa mo'ljallangan yangi ish o'rinlari yaratish yo'lida hamkorlar bilan yangi kelishuvlar olib borayotganini ma'lum qildi.