Yangiliklar

DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZADI

DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZADI

✅Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan. Mazkur tashabbus yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

✅Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati S. Kayipova bugun tumandagi 10-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchi-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

✅Uchrashuv davomida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berilishi, shuningdek yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 4