Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi Guliston okrugi deputati Kim Marina Melisovna tomonidan hudud aholisi murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.
Murojaatlar asosida quyidagi muammolar aniqlangan:
36-sonli uy (choyxona atrofi) hududida ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, elektr qalqoni (elektr щit) to‘liq olib tashlanmagan hamda hududni obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Yomg‘irli kunlarda hududda suv to‘planishi kuzatilayotgani va drenaj tizimi talab darajasida ishlamayotgani fuqarolar tomonidan bildirilgan.
59-sonli uyda mavjud 5 ta lift ancha eskirgan bo‘lib, ularning texnik holati aholi xavfsizligi nuqtai nazaridan jiddiy o‘rganishni talab qiladi.
Deputat so‘rovida mazkur holatlarni inobatga olgan holda:
36-sonli uy hududidagi elektr qalqoni (щит) bilan bog'liq muammoni hal etish va hududni to‘liq tartibga keltirish;
yomg‘ir suvlarini oqizish tizimini yaxshilash;
59-sonli uydagi liftlarning texnik holatini o‘rganib, ularni ta’mirlash yoki yangilash choralarini ko‘rish so‘raldi.