Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
Davlat va jamoat arbobi, buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan "Alisher Navoiy asarlari - milliy qadriyatlarimiz timsoli" mavzusida tashkil etilgan davra suhbati

Shu munosabat bilan 2024-yil 10-fevral kuni navbatdagi haftaning shanba kunida yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida shahrimiz yoshlari uchun kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimligi tashabbusi va shahar axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda davlat va jamoat arbobi, buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan "Alisher Navoiy asarlari - milliy qadriyatlarimiz timsoli" mavzusida shahrimizdagi 8, 10, 11-umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari, shoir, jurnalist, shahar kengashi deputati Tohir Nurimovich Samiyev va shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari bilan birgalikda davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirda Tohir Nurimovich Samiyev "Alisher Navoiy asarlari - milliy qadriyatlarimiz timsoli" mavzusida ma'ruza qilib, tadbir ishtirokchilariga o'z ijodiga mansub sherlaridan o'qib eshittirdi. Davra suhbati ishtirokchilari buyuk shoir Mir Alisher Navoiy qalamiga mansub g'azal va ruboiylardan, adib hayoti va ijodi haqida so'zlab berishar ekan kelajagimiz yoshlari adabiyotga hususan Mir Alisher Navoiy ijodiga alohida qiziqishlari yaqqol sezilib turdi.

Davlat va jamoat arbobi, buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan "Alisher Navoiy asarlari - milliy qadriyatlarimiz timsoli" mavzusida tashkil etilgan davra suhbati yakunida barcha ishtirokchilar shahar hokimligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Slide 1 of 4