Yangiliklar

🇺🇿 Saylovchilarga hisobot!

🇺🇿 Saylovchilarga hisobot!

📅 2025-yil 26-iyul kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida muhim siyosiy-ijtimoiy tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi. Unda xalq vakillari va fuqarolar o‘rtasida ochiq muloqot maydoni yaratildi.

🔹 Xususan, viloyat Kengashi deputati Gulira’no Umarova joriy yilning II-choragida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida ochiq axborot berdi. Hisobot davomida deputat tomonidan hududda ko‘rilgan ishlar, dolzarb muammolar yechimi, tashabbuslar va istiqbolli rejalarga alohida e’tibor qaratildi.

👥 Tadbirda Oqqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati, mahalla yettiligi vakillari, tegishli tashkilotlar mas’ullari va OAV vakillari ishtirok etdi.

https://t.me/TV_Kengash

Slide 1 of 3