Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida oilaviy nizolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tuman Inson ijtimoiy xizmatlari markazida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Kengash raisi mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rgandi
янв.21
Bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuproqqalʼada murojaatlar bilan ishlash tizimi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
20-son “Nurobod” saylov okrugida soliq tushumlari ijrosi va mahalla hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Soliq tushumlari va yashirin rezervlarni aniqlash borasidagi ishlar o‘rganildi
Jomboy tumani mahalla beshliklari deputatlar oldida hisobot beradi.

Tuman kengashi deputatlari tomonidan shu kunlarda mahallalar beshligi hisoboti eshitilmoqda. Bugun Quduqli mahallasi ma’sullarining hisoboti O‘zLiDeP deputatlik guruhi aʼzolari tomonidan tahlil qilindi.

Mahalla raisi Sherzod Mo‘minov 2023-yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida axborot berdi. Taʼkidlanishicha, aholini xatlov qilish jarayonida yashash sharoiti og‘ir, nizoli oilalardan 4 nafari yarashtirilgan. Hududdagi to‘rtta ichki yo‘llarga shag‘al yotg‘izilib, “Beshyog‘och” qabristonida hashar yo‘li bilan archa ko‘chatlari ekilgan.

Kun tartibidagi masala yuzasidan xotin-qizlar faoli Durdona O‘rinovaning hisoboti eshitildi. Qayd etilishicha, “Ayollar daftari”ning 4-bosqichi doirasida qaramog‘ida nogiron farzandi mavjud xotin-qizlarning 8 nafariga 1 200 000 so‘mdan moddiy yordam berilgan. 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va boquvchisi bo‘lmagan 26 nafar ayollarga ham bir martalik moddiy yordam ajratilgan.

Tadbirkorlik qilish uchun 7 nafar ayollarga tuman hokimligi tomonidan pishiriq pechi berilib, 41 nafari ishga joylashtirilgan. 4 nafar ayollarning uyi ta’mirlanib, 10 ga yaqin xotin-qizlarga 3 milion so‘mdan pul mablag‘i va oziq - ovqat mahsulotlari ajratilgan.

Tadbirda shu kabi hokim yordamchisi Dilshod Diyorov, yoshlar yetakchisi Zuhriddin Nosirov hamda profilaktika inspektori Ikrom Ergashevning hisoboti eshitilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

25-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat N.To‘rayev tomonidan komissiya qarorlari ijrosi nazoratga olindi. 

Slide 1 of 1