Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida oilaviy nizolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tuman Inson ijtimoiy xizmatlari markazida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Kengash raisi mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rgandi
янв.21
Bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuproqqalʼada murojaatlar bilan ishlash tizimi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
20-son “Nurobod” saylov okrugida soliq tushumlari ijrosi va mahalla hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Soliq tushumlari va yashirin rezervlarni aniqlash borasidagi ishlar o‘rganildi
📌 96-sessiya

Xalq deputatlari Jomboy tuman kengashining 96-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi muhokama etildi. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Akram Sa’dullayev axborot berdi. Qayd etilishicha, o‘tgan bir yilda aholini ishbilarmonlikka qiziqtirish va ularda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish uchun 38,9 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan. Shu hisobdan yurtdoshlarimizning 2110 ta loyihalari moliyalashtirilgan. Shundan 251 tasi (2,559 milliard so‘m) “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslariga yo‘naltirilgan. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida 508 ta yangi kichik biznes, 1014 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan. 

Axborotda ayrim hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadsiz sarflanishi holatlari ham uchrab turgani tanqid qilindi. Ochiqlanishicha, 28 ta holatda 700,7 million so‘m mablag‘ noo‘rin ajratilgan.

Kun tartibiga ko‘ra, aholi murojaatlari ijrosi bo‘yicha xalq qabulxonasi mudiri Hamza To‘rayev axborot berdi. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan yillik murojaatlar tahlil qilinganda 2023-yilda 5531 ta murojaat kelib tushgani, bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan 1129 taga kamaygani aytildi. Shundan 74,6 foizi qanoatlantirilgan, 1085 tasiga tushuntirish berilgan, 39 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan, 137 tasi rad etilgan.

Bundan tashqari, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Samarqand suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati tuman filiali boshlig‘i Rustam Rahmatov axborot berdi.

Bildirilishicha, 2023-yil davomida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga doir 8 ta yirik loyiha ro‘yobga chiqqan.

Jumladan, Sherqo‘rg‘on mahallasida joylashgan suv inshooti tubdan yangilanib, 4,8 kilometr tarmoq tortilgan. Nayman mahallasida esa yangi suv inshooti qurilib, 4 kilometr tarmoq yangilangan.

Xuddi shunday, Quduqli, Polvonariq, Ahmadjon Qurbonov, Nazar, Olmazor, Kattaqishloq mahallalarida amaliy ishlar bajarilgan.

Umuman, yil davomida 2 ta yangi suv chiqarish nasosi o‘rnatilgani, 6 tasi ta’mirlangani aytildi. Olis mahallalardagi 5 ta suv inshooti ta’mirlanib, 1 tasi yangidan barpo etilgan.

Slide 1 of 1