“Kambag‘allikdan farovonlik sari”
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Narchayev Kenes Sadiyevichning tashabbusi bilan Uchquduq tumani, Shalxar OFYda yashovchi nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj, keksalar holidan xabar olindi va muammolari o'rganildi. Birlik ko'chasi 35-uyda yashovchi 1-gurux nogironi Axanshayeva Gulsimga bepul dori-darmonlar olib berildi. Faravon ko'chasida yashovchi A.Egamberdiyevaga elektr energiya puli to'lab berildi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj T.Kuzembayevga oziq-ovqot mahsuloti yetkazib berildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xudoyqulov Umar Xolmamatovichning tashabbusi bilan Yo‘lchilar OFY dagi Nasvaliyeva Shaxnoza Raxmonqulovna borib o‘rganildi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, Farzandlari to'garakga jalb etilgan, Saxovat va ko‘mat jamg‘armasidan ko‘mir sotib olish uchun pul ajratilgan biriktrilgan vakil tamonidan tovuqlar olib berilgan.