1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi. Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Ushbu bayram arafasida Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati Boltayev Rustam Ismailovich bir guruh afg’on jangchilari bilan uchrashdi.