Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat mahallada

🔹2025-yil 8-yanvar kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga 16-“Soyliq” saylov okrugidan saylangan deputat S. Madjitov Kengashdagi Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zolari bilan birgalikda o‘ziga biriktirilgan “Kichiksoy” va “Birlik” mahallarida aholining turmush tarzi va muammolari bilan tanishdi.

🔹Uchrashuvlar davomida aholi tomonidan chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati, ichki ko‘chalarni yoritish, oilaviy shifokorlik punktini qishloqdan uzoqda joylashuvi kabi bir qator murojaatlar bildirildi.

🔹Aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan deputat so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 5