Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati Dilshodjon Ismoilov Besarang mahallasidagi xonadonlari va dehqon xo‘jaliklarida bo‘lib, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahalladagi dehqon xo‘jaliklari faoliyati, yer maydonlaridan samarali foydalanish, bahorgi ekin mavsumiga tayyorgarlik va bu yilgi dehqonchilik ishlarini samarali tashkil etish jarayonlari atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning mavjud muammolari, urug‘chilik masalalari, mineral o‘g‘itlar, ko‘chatlar, kartoshka urug‘i va boshqa zarur resurslar bilan ta’minlanishi yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
Shuningdek, dehqon xo‘jaliklari mahsulotlari hajmini oshirish, yer unumdorligini yaxshilash hamda aholiga arzon va sifatli oziq-ovqat yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.