Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“ISTIQLOL” MAHALLASIDA MILLATLARARO TOTUVLIK VA HAMJIHATLIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
XOTINQUMI MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLAR VA ATROF-MUHIT HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BEPUL DORI VOSITALARI RO‘YXATI VA NAZORATI TIZIMI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
TASHABBUSLI BUDJET LOYIHASI DOIRASIDA MAKTAB MODDIY-TEXNIK BAZASI MUSTAHKAMLANDI
янв.21
MAHALLA HUDUDIDA YANGI ISH O‘RINLARINI YARATISH TAJRIBALARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
AXSHAKGUZAR MAHALLASIDA XAVFSIZLIK VA TARTIBNI MUSTAHKAMLASH ISHLARINING SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
янв.21
TOSHLOQ TUMANIDA OZIQ-OVQAT NARXLARI VA TA’MINOTI BO‘YICHA TEKSHIRUV O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
MAHALLA OBODLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR TAHLIL QILINDI
“YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI MONITORING QILINDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari tomonidan tumanda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tuman Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan yoshlarning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi, bandligi hamda jamiyatdagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni turli zararli illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yoshlarni sportga keng jalb etish, kutubxonalar va boshqa madaniy maskanlardan samarali foydalanish orqali ularning intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish muhim ekani qayd etildi.

Yoshlar maslahat guruhi a’zolari esa yoshlarning tashabbuskorligini kuchaytirish, ularning jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga faol munosabatini qo‘llab-quvvatlash zarurligini alohida ta’kidlashdi.

O‘rganish yakunida mazkur masala yuzasidan mas’ullar hisobotini doimiy komissiyaning navbatdag

Slide 1 of 5