Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“KO‘KCHA” MAHALLASIDA ZAMONAVIY BOLALAR MAYDONCHASINI BARPO ETISH MASALASI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABINING MODDIY-TEXNIK HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARINING KADRLAR SALOHIYATI VA ISTE’DODLI YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDAGI 15-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABIDAGI O‘RGANISHLARDAN FOTOLAVHALAR
янв.21
CHILONZOR TUMANIDAGI 15-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI” — TAJRIBA VA YOSHLAR SHIJOATI UYG‘UNLIGI
янв.21
O‘RGANISHLARNING SO‘NGGI MANZILI — 342-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA BSKLAR FAOLIYATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
O‘RGANISHLAR “HILOL” MAHALLASIDA DAVOM ETTIRILDI
“KO‘KCHA” MAHALLASIDA ZAMONAVIY BOLALAR MAYDONCHASINI BARPO ETISH MASALASI DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol

❗️ “KO‘KCHA” MAHALLASIDA ZAMONAVIY BOLALAR MAYDONCHASINI BARPO ETISH MASALASI DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Xusniddin Ergashev tomonidan Shayxontohur tumanidagi “Ko‘kcha” mahalla fuqarolar yig‘inida hudud infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash muhitini shakllantirish hamda bolalarning mazmunli dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺 O‘rganish davomida mahalla hududidagi ijtimoiy obyektlar, mavjud infratuzilmaning bugungi holati hamda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Bunda mahalla aholisi, ayniqsa, bolalar va yoshlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, hududdagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📉 Xususan, “Ko‘kcha” mahalla fuqarolar yig‘ini tashabbusi bilan 42-uy oldidagi bo‘sh turgan yer maydonida zamonaviy bolalar o‘yin maydonchasini tashkil etish taklifi ilgari surildi.

🔎 Deputat Xusniddin Ergashev mazkur manzilga bevosita chiqib, bo‘sh yer maydonining holati bilan tanishdi hamda ushbu hududda bolalar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz o‘yin maydonchasini barpo etish imkoniyatlarini o‘rgandi.

💡 Ta’kidlanganidek, mahallalarda bolalar uchun zamonaviy o‘yin va dam olish maydonchalarining mavjudligi ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom ulg‘ayishi hamda xavfsiz muhitda hordiq chiqarishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

🌳 Shuningdek, bunday maskanlarning tashkil etilishi mahalla infratuzilmasini yaxshilash bilan bir qatorda, ko‘p kvartirali uylar atrofidagi bo‘sh hududlardan maqsadli foydalanish va aholi uchun yanada qulay yashash sharoitlarini shakllantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

♻️ Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan mahallalarda bolalar uchun o‘yin va sport maydonchalari mavjudligi, ularning holati hamda aholi dam olishi uchun yaratilgan sharoitlarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish vazifalari bilan hamohangdir.

🤝 O‘rganish yakunida 42-uy oldidagi bo‘sh yer maydonida zamonaviy bolalar maydonchasini tashkil etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda loyiha ishlarini amalga oshirish choralarini ko‘rish belgilab olindi.

🗣 Xusniddin Ergashev mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlash, aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib infratuzilmani yaxshilash hamda bolalar uchun munosib sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan ishlar izchil davom ettirilishini ma’lum qildi.

📁 Aholining taklif va murojaatlarini joyida o‘rganish, mahalla faollari bilan hamkorlikda mavjud imkoniyatlarni baholash hamda muammolar yechimi bo‘yicha amaliy choralarni belgilash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🌱 Bolalar uchun yaratilgan har bir qulay va xavfsiz maydoncha — ularning sog‘lom ulg‘ayishi, mazmunli hordiq chiqarishi va mahallalarda farovon muhitni shakllantirish sari muhim qadamdir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4