Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘RGANISHLARNING SO‘NGGI MANZILI — 342-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA BSKLAR FAOLIYATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
O‘RGANISHLAR “HILOL” MAHALLASIDA DAVOM ETTIRILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDA HUDUDIY O‘RGANISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
TOSHKENT SHAHAR MADANIYAT BOSHQARMASI QOSHIDAGI MUSIQA MAKTABLARI FAOLIYATI O‘RGANILADI
янв.21
TOSHKENT SHAHAR FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSH BOSHQARMASI FAOLIYATI O‘RGANILADI
янв.21
“ZULFIZAR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Yakkasaroy tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA BSKLAR FAOLIYATI — DEPUTAT NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA BSKLAR FAOLIYATI — DEPUTAT NAZORATIDA

🏛 Toshkent shahrida kuz-qish mavsumini barqaror va muammosiz o‘tkazish, ko‘p kvartirali uylarda aholiga sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev hamda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Obidjon Mo‘minov boshchiligida Mirobod tumanida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺 O‘rganishlar davomida tumanning “Navro‘z”, “Istiqlolobod” va “Salar” mahallalarida faoliyat yuritayotgan boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati bevosita joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Bunda BSKlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatish holati hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Xususan, “Sarakul baraka” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati atroflicha o‘rganilib, ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati, issiqlik ta’minoti tizimi va ularning mavsum davomida barqaror ishlashiga tayyorgarlik darajasi ko‘rib chiqildi.

♨️ Otabek Jiyanboyev o‘rganish jarayonida kuz-qish mavsumida isitish tizimlarining barqaror ishlashi, aholiga kommunal xizmatlarning sifatli va uzluksiz yetkazilishi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratdi.

🏢 Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati samaradorligini, ko‘p kvartirali uylarning ichki va umumiy foydalanish hududlari holatini, shuningdek, kuz-qish mavsumida isitish tizimlarining ishlashini o‘rganish vazifalari bilan bevosita bog‘liq.

🚰 Shu bilan birga, ko‘p kvartirali uylardagi ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining sozligi aholining issiq va sovuq suv, issiqlik hamda boshqa kommunal xizmatlardan barqaror foydalanishi uchun muhim ekani qayd etildi.

⚠️ O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mavjud tizimlarni mavsumga tayyor holatga keltirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik faqat muhandislik tarmoqlarining texnik holatini ko‘zdan kechirish bilan cheklanmasdan, BSKlarning aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligi va mavsum davomida yuzaga keladigan masalalarga tezkor munosabat bildirishga tayyorligini ta’minlash bilan ham chambarchas bog‘liqligiga e’tibor qaratildi.

🗣 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev tomonidan hududlardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, BSKlar faoliyati va aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalarni joyiga chiqib o‘rganish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida davom ettirilmoqda.

🏙 Mavsumga puxta tayyorgarlik — aholi xonadonlarida issiqlik va kommunal xizmatlarning barqarorligini, eng muhimi, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlashning muhim omilidir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8