35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI XABIBULLA AKILOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov boshchiligida Yashnobod tumanidagi 156-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Olmazor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
MUSTAQILLIK DARSI: YOSHLARNI ILM-FAN VA YUKSAK MAQSADLAR SARI RUHLANTIRGAN MULOQOT
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “CHUQURSOY” MAHALLASIDA TO‘PLANIB QOLGAN CHIQINDILAR OLIB CHIQILDI
янв.21
SERIKBAY USENOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Bektemir tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
“OBOD MAHALLA” DASTURI: QICHQIRIQ MAHALLASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“DO‘STOBOD” MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LNI TIKLASH BO‘YICHA PUDRATCHIGA TEGISHLI KO‘RSATMA BERILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI VA IJTIMOIY MASALALAR DEPUTATLAR NAZORATIGA OLINDI
TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI XABIBULLA AKILOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI XABIBULLA AKILOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 6-“Sarbon” saylov okrugidan saylangan deputati Xabibulla Akilov saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar hamda aholi manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida axborot berdi.

🤝 Uchrashuvda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining o‘rinbosari Bekzod Nazarov, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Yusubov, XDP partiyasi vakillari, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati vakillari va tuman Kengashi deputatlari, shuningdek, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari, “Mahalla yettiligi” a’zolari, mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Axborot davomida 2026-yilning ikkinchi choragida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida hududlarni rivojlantirish, mahalliy budjet, kommunal infratuzilma, ijtimoiy soha va aholi murojaatlariga oid masalalar muhokama qilingani qayd etildi.

🏢 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va ko‘p qavatli uylar infratuzilmasini yaxshilash doirasida “Humoyun” mahallasidagi 7 ta uyning 720 kv.m tom qismi ta’mirlandi. “Ahmad Yugnakiy” mahallasida 5 ta ko‘p kvartirali uyning 20 ta, “Jasorat” mahallasida 10 ta uyning 31 ta kirish yo‘lagi ta’mirdan chiqarildi.

🔧 Shuningdek, “Ahmad Yugnakiy” va “Al-Farobiy” mahallalaridagi jami 4 ta ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida ta’mirlash ishlari olib borildi. “Geofizika” mahallasidagi 8 ta uyning 24 ta, “Al-Farobiy” mahallasidagi 8 ta uyning 33 ta kirish eshigi yangilandi. “Ahmad Yugnakiy” mahallasidagi 7 ta uy atrofidagi 960 kv.m kichik yo‘lak ta’mirlandi.

♻️ Hududlarning sanitariya holatini yaxshilashga ham alohida e’tibor qaratilib, Ahmad Yugnakiy, Al-Farobiy, Alisherobod, Beshkapa, Chingeldi, Geofizika, Geologlar, Gulzorobod, Humoyun, Ijodkor, Iqtidор, Jasorat va Ko‘hna Mevazor mahallalaridan jami 11,8 ming tonnadan ortiq chiqindi olib chiqildi.

🔺 “Humoyun” mahallasidagi 10 ta ko‘p kvartirali uyning 22 ta kirish yo‘lagidagi liftlar joriy ta’mirlandi. Aholi va bolalar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida esa “Humoyun”da 5 ta, “Geofizika”da 2 ta, “Jasorat”da 3 ta — jami 10 ta bolalar maydonchasi ta’mirdan chiqarildi.

🔎 Uchrashuvda mahallalardagi ichki yo‘llar, ko‘cha yoritilishi, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, liftlar, elektr, gaz va suv ta’minoti, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, bolalar maydonchalari, yoshlar bandligi, ijtimoiy himoya hamda tibbiy xizmat sifati kabi masalalar ham muhokama qilindi.

💬 Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat hamda mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, tegishli tashkilotlarga kiritish va zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha kelishib olindi.

✅ Yakunda Xabibulla Akilov 6-“Sarbon” saylov okrugidagi mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotni davom ettirish, kommunal va infratuzilmaviy muammolarni manzilli o‘rganish, fuqarolar murojaatlarining ijrosini nazorat qilish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlarga erishish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10