35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
MUSTAQILLIK DARSI: YOSHLARNI ILM-FAN VA YUKSAK MAQSADLAR SARI RUHLANTIRGAN MULOQOT
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “CHUQURSOY” MAHALLASIDA TO‘PLANIB QOLGAN CHIQINDILAR OLIB CHIQILDI
янв.21
SERIKBAY USENOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Bektemir tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
“OBOD MAHALLA” DASTURI: QICHQIRIQ MAHALLASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“DO‘STOBOD” MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LNI TIKLASH BO‘YICHA PUDRATCHIGA TEGISHLI KO‘RSATMA BERILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI VA IJTIMOIY MASALALAR DEPUTATLAR NAZORATIGA OLINDI
янв.21
“DO‘STLIK” MAHALLASIDAGI YASHIL MAYDONLARNI SUG‘ORISH MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Olmazor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

#kotibiyat_faoliyati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Olmazor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-son farmoyishi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jahongir G‘ulomqodirov tomonidan Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati joyiga chiqib o‘rganilib, mas’ullarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.

📝 O‘rganish jarayonida tuman Kengashining deputatlar korpusi faoliyati, deputatlarning yig‘ma jildlari, kotibiyatda ish yuritish va ijro intizomi, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish, deputatlik so‘rovlari, saylov okruglaridagi o‘rganishlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi.

📊 Bugungi kunda tuman Kengashida 30 nafar deputat faoliyat yuritib, ularning barchasi bo‘yicha yig‘ma jildlar shakllantirilgan. Uchinchi chaqiriq davomida 15 ta sessiya o‘tkazilgani qayd etildi. Shuningdek, “kengash.gov.uz” elektron tizimi orqali 35 ta deputatlik so‘rovi va 29 ta chiquvchi xat rasmiylashtirilgan.

🔎 O‘rganishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-836-IV va KQ-710-IV-son qarorlari talablarining ijrosi, Kengashda ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, xorijiy mamlakatlarga chiqish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi nizom hamda Kengash va doimiy komissiyalarning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ham ko‘rib chiqildi.

⚠️ Kengash va doimiy komissiyalar ish rejasi asosida mas’ullarning hisobot va axborotlarini eshitish yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Shu bilan birga, ish rejasi ijrosi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar yetarli darajada shakllantirilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Doimiy komissiyalarga normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini hududlarga chiqqan holda tizimli o‘rganish tavsiya etildi.

🗣 Saylovchilar oldida axborot berish amaliyoti ham alohida ko‘rib chiqildi. Deputatlarga saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish va o‘z faoliyati yuzasidan belgilangan muddatlarda axborot berish zarurligi tushuntirildi.

🔺 Shu bilan birga, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘z saylov okruglarida muntazam o‘rganish va nazorat tadbirlarini olib borish, “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”ni sifatli yuritish, deputatlarga biriktirilgan qonunlar ijrosini doimiy komissiyalar doirasida o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda hududlarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida deputatlik nazoratiga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📍 Yakunda Olmazor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar faolligi va deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar ishini tizimli tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash, saylov okruglaridagi muammolarni manzilli o‘rganish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Jahongir G‘ulomqodirov tomonidan tegishli amaliy-uslubiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3