Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan Charx Kamolon-3 mahallasidagi bolalar maydonchalari holati yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
Avvalgi o‘rganishlar davomida Charx Kamolon-3 mahallasidagi 160-, 161-, 162-uylar oldida joylashgan bolalar maydonchasi hamda Baynalminal ko‘chasi, 55-uy oldidagi bolalar o‘yingohi holati o‘rganilib, ularni ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha deputat tomonidan taklif berilgan edi.
📌 Mazkur taklif asosida masala navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritildi.
Shu munosabat bilan deputat tomonidan sessiya oldidan yana bir bor joyiga chiqib, Chilonzor tuman hokimi tomonidan deputatlar uchun ajratilgan mablag‘ning mazkur bolalar maydonchalari va o‘yingohni ta’mirlash uchun yetarliligi, shuningdek, mavjud mablag‘ doirasida qanday ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish mumkinligi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud holat, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami va ajratilgan mablag‘dan samarali foydalanish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
👧🧒 Asosiy maqsad — bolalar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy o‘yin maydonchalarini yaratish hamda mahalla hududini yanada obod qilish.
🤝 Deputatlik nazorati va amaliy tashabbuslarning asosiy maqsadi — muammoni aniqlash, uning yechimi uchun taklif berish va ajratilgan mablag‘ning aniq natijaga yo‘naltirilishini ta’minlashdir.