35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashining 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mustaqillik bayrami arafasida Uchtepada davlat idoralari hamjihatligi namoyon bo‘ldi
янв.21
Toshkent shahar Kengashi deputati Dildora Rustamova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Muammolar yechimi deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Farrux Radjabov Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalla – islohotlar generatori: “Yettilik” tizimi samaradorlikning yangi bosqichiga chiqmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi 22-iyul, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Toshkent shahar Kengashi deputatlari mahalla tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan team building tadbirida faol ishtirok etdi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 39–Minor saylov okrugidan saylangan deputati Nigora Eshmetova tomonidan 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan "Chinobod Plaza Sanatoriysi" MChJda ochiq muloqot shaklida hisobot uchrashuvi o‘tkazildi.

📝 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartib asosida tashkil etilib, unda deputat o‘zining ikkinchi chorak davomida amalga oshirgan ishlari, saylovchilar murojaatlari bilan ishlash natijalari hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi faoliyati yuzasidan batafsil axborot berdi.

🔺 Hisobot davomida deputat saylov okrugidagi mahallalarda aholi bilan muntazam ochiq muloqotlar olib borilganini qayd etdi. Xususan, hisobot davrida okrug hududidagi mahallalarda 34 marotaba uchrashuv tashkil etilib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Uchrashuvlar natijasida 17 ta dolzarb muammo aniqlanib, tegishli davlat organlari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etildi. Shuningdek, fuqarolardan kelib tushgan 14 ta murojaat deputatlik nazorati asosida ko‘rib chiqilib, ularning yechimi ta’minlandi.

📝 Deputat o‘z faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali ham muntazam axborot berib bordi. Jumladan, ikkinchi chorak davomida deputat faoliyati yuzasidan 26 marotaba ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar e’lon qilindi.

🔎 Axborot davomida deputat Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil ikkinchi choragida o‘tkazilgan 3 ta sessiyasida faol ishtirok etgani, sessiyalarda shaharni kompleks rivojlantirish, mahalliy budjet ijrosi, hududiy dasturlar, ijtimoiy sohalarni takomillashtirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan masalalar yuzasidan muhokamalarda qatnashgani haqida ma’lumot berdi.

📁 Shuningdek, deputat 2 ta doimiy komissiya yig‘ilishida faol ishtirok etib, sohaga oid masalalarni chuqur muhokama qilish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari ijrosini ta’minlash hamda hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ilgari surganini ta’kidladi.

💡 Uchrashuv davomida mahalliy Kengash deputatlarining vakolatlari, deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, saylovchilar bilan ishlash mexanizmlari hamda elektron murojaat yuborish imkoniyatlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar tomonidan sog‘liqni saqlash, infratuzilma, obodonlashtirish va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan taklif hamda savollar bildirilib, ular yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

🗣 Mazkur yig‘ilishda Yunusobod tumani hokimligi mas’ul xodimlari ham ishtirok etib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

🤝 Yakunda deputat saylovchilar tomonidan bildirilgan barcha taklif va murojaatlar deputatlik nazorati ostida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi hamda hududni yanada rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9