35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashining 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mustaqillik bayrami arafasida Uchtepada davlat idoralari hamjihatligi namoyon bo‘ldi
янв.21
Toshkent shahar Kengashi deputati Dildora Rustamova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Muammolar yechimi deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Farrux Radjabov Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalla – islohotlar generatori: “Yettilik” tizimi samaradorlikning yangi bosqichiga chiqmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi 22-iyul, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Toshkent shahar Kengashi deputatlari mahalla tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan team building tadbirida faol ishtirok etdi
Toshkent shahar Kengashi deputati Dildora Rustamova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha saylovchilar oldida axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dildora Rustamova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha saylovchilar oldida axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Olmazor tumani 12–"Mirzo G‘olib" saylov okrugidan saylangan deputat Dildora Rustamova 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilar oldida navbatdagi axborotini taqdim etdi.

📍 Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasida o‘tkazilgan uchrashuvda 13 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, ijtimoiy xodimlar, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, nuroniylar, 17-oilaviy poliklinika hamda 29-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi vakillari, shuningdek, Olmazor tumani hokimligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

📝 Uchrashuv davomida deputat tomonidan joriy yilning birinchi yarmi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi. Xususan, saylov okrugi hududidagi 13 ta mahallada fuqarolar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilgani, 53 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati ijobiy hal etilgani, aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida imtiyozli davolanishga ko‘maklashilgani hamda yotoqdagi bemorlar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etilgani ta’kidlandi.

📁 Shuningdek, deputat o‘z faoliyati davomida hududdagi ichki yo‘llar, kommunal infratuzilma, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, mahallalarni obodonlashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

🔎 Axborotda deputatning Toshkent shahar Kengashining 6 ta sessiyasida, 5 ta doimiy komissiya yig‘ilishida, Oliy Majlis Senati, partiya deputatlik guruhi va boshqa respublika hamda shahar miqyosidagi yig‘ilishlarda faol ishtirok etgani, hudud manfaatlariga oid masalalar yuzasidan taklif va tashabbuslar ilgari surgani qayd etildi.

💡 Muhokamalar davomida mahalla raislari va faollar tomonidan hududdagi transport infratuzilmasini yaxshilash, piyodalar xavfsizligini ta’minlash, oqava suv tarmoqlarini ta’mirlash, tibbiy jihozlar bilan ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga doir qator taklif va murojaatlar bildirildi. Mazkur masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rishga kelishib olindi.

📉 Yakunda deputat saylovchilar bilan ochiq muloqotni davom ettirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mahallalarda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda Toshkent shahar Kengashi sessiyalari va doimiy komissiyalarida hudud manfaatlarini izchil himoya qilish ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10