35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashining 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mustaqillik bayrami arafasida Uchtepada davlat idoralari hamjihatligi namoyon bo‘ldi
янв.21
Toshkent shahar Kengashi deputati Dildora Rustamova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Muammolar yechimi deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Farrux Radjabov Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalla – islohotlar generatori: “Yettilik” tizimi samaradorlikning yangi bosqichiga chiqmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi 22-iyul, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Toshkent shahar Kengashi deputatlari mahalla tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan team building tadbirida faol ishtirok etdi
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi qarori ijrosi deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi, 3-Katqal’a saylov okrugi deputati Jamolbek Babajanov, kotibiyat mudiri Izzat Masharipov hamda 4-Oltin-qal’a saylov okrugi deputati Xursand Ismailov tomonidan Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan qarori ijrosi joyida o‘rganildi.
O‘rganish davomida tumandagi "og‘ir" toifaga kiritilgan mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, xususan, Tuproqqal’a mahallasi ichki yo‘llariga yangi asfalt qoplamasi yotqizilishi ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlarning sifati hamda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur nazorat tadbiri viloyat Kengashi qarorining amaliy ijrosini ta’minlash, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini baholash maqsadida olib borilmoqda.
Eng muhimi, amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy ishlar natijasida mahalladagi ko‘p yillik muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratilmoqda. Yangi asfalt yo‘llar aholining kundalik turmushini yengillashtirib, fuqarolarning kayfiyati va islohotlarga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.
Deputatlar tomonidan qarorlar ijrosi ustidan nazorat ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5