Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani kasbiy ko‘nikmalar Markazining Angren shahar filiali faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
Фуқаролар мурожаати депутат назоратида
янв.21
Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda “Mahalla yettiligi” – Kengash – Senatning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan davra suxbati o’tkazdi.
янв.21
Davlat dasturi loyihasi bo‘yicha takliflar muhokama qilindi
янв.21
Qahramonlar yurtida - Vatan muqaddas, burch sharafli
янв.21
Котибият мудирлари ва ходимлари учун ўқув-семинар ташкил этилди.
янв.21
Umidvor ko‘ngillarga malham
янв.21
"Mehr ulashaylik"
CHINOZ TUMANI. DEPUTATLIK NAZORATI.

CHINOZ TUMANI. DEPUTATLIK NAZORATI.

Chinoz tumani “Xo‘ja” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Oxunboboyev va Abdulla Avloniy ko‘chalari kesishmasida bir necha oylar davomida ichimlik suvi quvuri yorilishi natijasida sizib chiqayotgan suv yo‘lning qatnov qismiga oqib chiqayotgan edi. Ushbu holat yo‘l harakati ishtirokchilari va shu atrofda yashovchi fuqarorlarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan edi. 

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov tashabbusi bilan ushubu holatni bartaraf etish bo‘yicha “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ Chinoz tumani bo‘limiga murojaat qilindi. 

Bugun erta tongdan boshlab, ushbu ko‘chada yashovchi faollar, deputat E.Saidov, “Toshkent suv ta’minoti” MChJ Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘i N.Qudratov, bo‘lim bosh ustasi I.Oripov va sohaga mas’ul mutaxassislar ishtirokida maxsus texnika vositalarini jalb qilgan holda nosozliklar bartaraf etildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov

Slide 1 of 4