#deputatlik_faoliyati
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Shaxnoza Abduraximova Toshkent tumani “Ayri ota” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy, iqtisodiy va kommunal yo‘nalishdagi muammolar atroflicha o‘rganildi. Fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglanib, ularni joyida hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar vakillariga aniq topshiriqlar berildi.
Qabul jarayonida “Yaxshi niyat” ko‘chasida yashovchi fuqaro Qurbonova Muxabbatning ish bilan ta'minlashga doir murojaati ham ko‘rib chiqildi. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, mutasaddi tashkilotlar hamkorligida fuqaro bandligi ta’minlandi.
Sayyor qabul aholining dolzarb ehtiyojlarini eshitish, ularni tezkor hal etish hamda deputat va fuqarolar o‘rtasidagi samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.
https://t.me/TV_Kengash