#deputatlik_faoliyati
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a'zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyun kunidagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-283 sonli qarorining 17,18-bandi ijrosi yuzasidan markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlaridagi oʻrinlari pediatriya, terapiya va xirurgiya boʻlimlarini, bemorlarni kasallikning ogʻirlik darajasi boʻyicha saralaydigan (triaj) tunu-kun ishlaydigan shoshilinch qabul boʻlimlarini va barcha tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida shoshilinch qabul boʻlimlari ko`rib chiqildi.
Jumladan, Bekobod tumani Tibbiyot birlashmasida bo`lib, pediatriya, terapiya va xirurgiya boʻlimlarini ko`zdan kechirib, bemorlar bilan suhbatlashildi. Davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmat turlaridan tashqari xizmatlarni pullik asosda tashkil etilishi o`rganildi.
https://t.me/TV_Kengash