Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Xotam Saydaxmedov tomonidan Chirchiq shahrining “Chinor” mahallasida joylashgan ichki ko‘cha yo‘llarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
#Doimiy_komissiya_faoliyati Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Gulira'no Umarova tomonidan viloyatdagi madaniyat va sport tashkilotlari faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Chirchiq shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 239-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichini yuritish tartibiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov, Ohangaron shahar hokimi S. Shoqosimov, Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi raisi Y. Alisherov hamda Kengash kotibiyati mudiri O. Abdullayev ishtirokida Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashida ish yurituv hujjatlari va doimiy komissiyalar faoliyatiga oid hujjatlarning yuritilishi, qarorlarning namunaviy tavsiyalar asosida rasmiylashtirilganlik holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Abduqodir Begmatov tomonidan Angren shahrining “Samarchuq” mahallasida hokim yordamchilari faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-sonli farmoyishi asosida Chirchiq shahar Kengashiga yaratilgan sharoit o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati T.Fayziyev hamda Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati M.Turg‘unov ishtirokida Zangiota tumanidagi 32-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv va sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Vohid Yo‘ldoshev tomonidan bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligini o‘rgandi.
"Tashabbusli budjet" loyihasidagi muammo joyida hal etildi

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev tomonidan "Yuqoribog‘" mahallasida "Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida g‘olib bo‘lgan loyihaning amalga oshirilishi va ijro jarayonlarining kechikish sabablari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida loyihada ko‘zda tutilgan lotok (ariq)lar o‘rnatish va piyodalar yo‘lakchasi (trotuar) qurish ishlariga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammo aniqlandi. Mazkur infratuzilma obektlarining yo‘lning qatnov qismiga chiqib qolishi avtomobillar harakati uchun jiddiy xavf va to‘siq yarataotgan edi.

Ushbu masalaga yechim topish maqsadida quruvchi tashkilot, shahar hokimligining qurilish majmuasi hamda shahar arxitektura bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rildi.

Yechim: Lotok va piyodalar yo‘lakchasini aholi xonadonlarining oldi qismidan o‘tkazishga kelishib olindi. Ilgari bu yerda trotuar mavjud bo‘lgan, biroq keyinchalik ko‘milib, o‘rnida noqonuniy bog‘ va garajlar qurilganligi sababli yo‘qolib ketganligi fuqarolarga atroflicha tushuntirildi. Mahalliy aholi bu vaziyatni to‘g‘ri tushunib, qo‘llab-quvvatladi

Slide 1 of 1