Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon shahrida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gafurdjan Muxamedov Parkent tumanidagi o‘z saylov okrugi hududiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlari (MFY) faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Shaxnoza Abduraximova Toshkent tumani “Ayri ota” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo`lib o`tdi.
янв.21
3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Yurakdan yurakka” nomli inklyuziv ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulira'no Umarova Oqqo`rg`on tumanidagi Yoshlik, Guliston MFY dagi mahalla xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a'zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyun kunidagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-283 sonli qarorining 17,18-bandi ijrosi yuzasidan markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari o`rganildi
янв.21
"Deputat va yoshlar uchrashuvi"
янв.21
Ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyun kunidagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-283 sonli qarorining 7-bandida belgilangan topshiriq ijrosi o`rganilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil Vengriya davlatiga amalga oshirgan rasmiy tashriflari

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil Vengriya davlatiga amalga oshirgan rasmiy tashriflari mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotida muhim kelishuv va uchrashuvlarga boy bo‘lishi bilan birga mustaqil davlatimizning tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatlarni ham belgilab berdi.  

Xususan, davlatimiz rahbari Budapeshtda bo‘lib o‘tgan ishbilarmonlar bilan uchrashuvda transport va yo‘l infratuzilmasini yangilash, logistika markazlari qurish, qurilish materiallari, to‘qimachilik va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida yangi loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bundan tashqari, ekstraditsiya, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, tabiiy ofatlar monitoringi, ilm-fan, innovatsiyalar va tinch atom sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida muhim hujjatlar, shuningdek, ikki davlat rahbarlari tomonidan kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolangani davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, albatta.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni esa Budapesht shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ishtirok etib, o‘z nutqida turkiy davlatlar hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib bergani dunyo siyosatchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Xususan, Prezidentimiz jahonda geosiyosiy va geoiqtisodiy ziddiyatlar, mintaqaviy nizolar va iqlim o‘zgarishi oqibatlari kuchayib borayotgan bugungi murakkab vaziyat shiddat bilan o‘zgarib borayotganini, xalqaro muammolarni hal etishda xalqaro huquq normalari va BMT Nizomiga tayangan holda ushbu tashkilot davlatlarining umumiy yondashuv va pozitsiyalarini mustahkamlash muhimligini alohida ta’kidladi. 

Shuningdek, Prezidentimiz turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hali ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjudligi, xususan, turkiy davlatlar o‘rtasida strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolash, tashkilot a’zolarining umumiy tashqi savdo aylanmasida o‘zaro savdo ulushini oshirish maqsadida «Turk-treyd» onlayn platformasini yaratish va tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha amaliy dastur qabul qilish, Transkaspiy xalqaro yo‘lagi orqali yuk tashish hajmining o‘sishini ta’minlash va bojxona-chegara tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida «yagona darcha» va «yashil yo‘laklar» tizimini tez fursatda joriy etish kabi dolzarb takliflarni berdi. 

Bundan tashqari, Prezidentimiz tomonidan kimyo, energetika, tog‘-kon, yengil sanoat, farmatsevtika, charm-poyabzal, oziq-ovqat va qurilish tarmoqlarida yirik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish taklifi bildirilgani tashkilot istiqbolini belgilab berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bir so‘z bilan aytganda, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga amaliy tashrifi nafaqat yurtimiz milliy iqtisodiyoti, balki, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga hissa qo‘shdi. 

Mirzayev Alisher Umirzoqovich,

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati,