Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon shahrida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gafurdjan Muxamedov Parkent tumanidagi o‘z saylov okrugi hududiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlari (MFY) faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Shaxnoza Abduraximova Toshkent tumani “Ayri ota” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo`lib o`tdi.
янв.21
3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Yurakdan yurakka” nomli inklyuziv ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulira'no Umarova Oqqo`rg`on tumanidagi Yoshlik, Guliston MFY dagi mahalla xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a'zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyun kunidagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-283 sonli qarorining 17,18-bandi ijrosi yuzasidan markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari o`rganildi
янв.21
"Deputat va yoshlar uchrashuvi"
янв.21
Ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyun kunidagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-283 sonli qarorining 7-bandida belgilangan topshiriq ijrosi o`rganilmoqda.
Ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligi

Joriy yilda Muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev boshchiligida Ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari bo‘yicha kengaytirillgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davlatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va shu bilan birga mavjud kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tanqidiy ruhda o‘tdi, jumladan:

Ta’lim dasturlari eng ilg‘or mamlakatlar tajribasiga moslashtirilib, darsliklar yangilangani, maktablarga zamonaviy jihozlar olib berilgani bilan tizimdagi muallimlarning yangi metodikalarni o‘zlashtirishi, ta’lim sifatini ta’minlashi qoniqarli darajada emasligi tanqid qilindi.

Masalan, ikki yil oldin toifa berish tizimi shaffof, raqamlashgan platformaga o‘tgani haqiqiy ahvolni ko‘rsatdi. Jumladan, o‘tgan yili 341 ming o‘qituvchi yangi tizim asosida toifaga topshirgan bo‘lsa, shundan 102 ming nafari imtihondan o‘ta olmagani qayd etilgan. Shu bilan birga ishga olishda diplomga qarab emas, bilim va malakani baholash tizimiga o‘tildi. Bu yangi tizim orqali imtihon qilingan 13 ming nomzoddan 6 mingi bilimi qoniqarsiz bo‘lgani uchun ishga kira olmagani tanqidga olindi shu kabi yana 61 ta xususiy oliygohda pedagog-kadrlar o‘qitilayotgani bilan birortasida kimyo, biologiya va fizika bo‘yicha muallim tayyorlanmayotgani va o‘tgan yili 1,5 mingta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning ta’lim dasturi joriy qilinib, Shundan 300 tasida zamonaviy laboratoriya va o‘quv jihozlari yo‘qligi qayd etib o‘tildi. Yig‘ilish davomida shu kabi bir qancha kamchiliklar keltirilib o‘tildi. Bu kami kamchilik va konikarsiz vaziyatdan chiqish bo‘yicha Prezident Sh. Mirziyoyev Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga butun tizimi bilan “favqulodda to‘qson kunlik” tartibida ishlashga o‘tish topshirildi.

Muxtaram Prezident Sh. M. Mirziyoyev ta’lim sohasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha alohida to‘xtalib tegishli soha egalariga va shaxar tuman hokimlariga tegishi topshiriqlarni berib o‘tdi, jumaladan:

-Tuman hokimlari tayanch maktablarda 1 ta kasbiy mahorat xonasini tashkil qilish va uni to‘liq jihozlashga mas’ul bo‘ladi. Barcha viloyat hokimlari Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti andozasi asosida hududlardagi malaka oshirish markazlarini ta’mirlash ishlarini yil oxirigacha yakunlashi shartligi haqida ogohlantirildi.

-Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlar ham, dasturlar ham tubdan o‘zgartiriladi. Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-o‘qituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi. Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri bo‘yicha alohida tayanch maktablari bo‘ladi.

Har bir tayanch maktabning 1 nafar o‘qituvchisi Malaka oshirish markaziga kelib, o‘z yo‘nalishida xalqaro dasturlar asosida chuqur tayyorlanadi, ularga trener maqomi beriladi. Ushbu trenerlar o‘ziga biriktirilgan hududdagi 25 nafar yetakchi o‘qituvchini o‘qitadi, yetakchi o‘qituvchilar esa o‘z maktabidagi qolgan muallimlarni malakasini oshirib borishi;

Bir yil ichida 215 nafar o‘qituvchi Angliya, Fransiya, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreyadagi eng nufuzli universitetlarda malaka oshirgani va Prezident kelgusida malaka oshirishga borayotganlarning 25-30 foizi xususiy maktablardan bo‘lishi haqidagi taklifni ma’qulladi va mutasaddilarga buni yangi o‘quv yilidan boshlab tashkil qilishga topshiriq berdi.

Joriy yilning o‘zida pedagogika oliygohlari va malaka oshirish markazlaridan kamida 5 nafardan, har bir tumandan shunchadan muallimni xorijga yuborish vazifasi qo‘yildi.

-Barcha hokimlar va ta’lim sohasi rahbarlariga yozgi ta’til vaqtida barcha ta’lim muassasalarining sport maydonchasi va o‘quv xonalarida yoshlar uchun sport, fan va kasb to‘garaklarini ochish topshirildi.

Masalan, o‘zlashtirish darajasi past maktablarga oqsayotgan fanlar bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinib, o‘quvchilar uchun haftasiga olti soatlik o‘quv kurslari tashkil qilinishi belgilandi. Shuningdek, Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Buning uchun joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari o‘tkazish, madaniyat va istirohat bog‘larida san’at ko‘rgazmalari, she’riyat kechalari va intellektual o‘yinlar tashkil etish topshirildi.

-150 dan ortiq sun’iy, shuningdek, barcha tabiiy suv havzalaridan samarali foydalanish, bunda yoshlarning xavfsizligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi. “Yoshlar turizmi oyligi” o‘tkazilib, 1 million yoshlar uchun muzey va tarixiy obidalarga ekskursiyalar tashkil qilinishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati G.Umarova