Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon shahrida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gafurdjan Muxamedov Parkent tumanidagi o‘z saylov okrugi hududiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlari (MFY) faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Shaxnoza Abduraximova Toshkent tumani “Ayri ota” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo`lib o`tdi.
янв.21
3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Yurakdan yurakka” nomli inklyuziv ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulira'no Umarova Oqqo`rg`on tumanidagi Yoshlik, Guliston MFY dagi mahalla xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a'zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyun kunidagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-283 sonli qarorining 17,18-bandi ijrosi yuzasidan markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari o`rganildi
янв.21
"Deputat va yoshlar uchrashuvi"
янв.21
Ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyun kunidagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-283 sonli qarorining 7-bandida belgilangan topshiriq ijrosi o`rganilmoqda.
Munosabat

Mahalliy sanoat – yangi bosqichda: xalqaro sertifikat, brend va eksportga oid dolzarb vazifalar

Mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, eksport salohiyatini yanada oshirish va ishlab chiqarishni kengaytirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda yaqinda Prezidentimiz rahbarligida “Mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar” yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari bugungi kundagi yutuqlar bilan bir qatorda, mavjud muammolarni ochiq tahlil qildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriq va takliflarni ilgari surdi.

Eksportda ijobiy o‘sish, ammo tizimli yondashuv talab qilinmoqda

Ta’kidlanganidek, joriy yilning dastlabki 4 oyida mamlakat eksporti 20 foizga oshdi. Bu, ayniqsa, kimyo, oziq-ovqat, meva-sabzavot, axborot texnologiyalari, turizm va transport xizmatlari hisobiga ta’minlandi. Bu sohalarda olib borilayotgan islohotlar o‘z samarasini ko‘rsatayotganini ko‘rsatadi.

Biroq yig‘ilishda alohida urg‘u berilgan muhim masala – to‘qimachilik sohasida eksport hajmining pasaygani bo‘ldi. Xususan, joriy yilning to‘rt oyida bu sohada eksport 825 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 175 million dollarga kamaygani qayd etildi. Davlatimiz rahbari bu holatni quyidagicha izohladi:

“Ko‘pchilik korxonalar sifatli mahsulot ishlab chiqarayapti. Biroq bu sifatni isbotlovchi xalqaro sertifikatlar yo‘qligi, mahsulotimizning yetarlicha tanilmagani sababli uni tashqi bozorlarda arzon bahoda sotishga majbur bo‘lyapmiz.”

⭐️Xalqaro sertifikat – eksport kaliti

✍️Hozirgi kunda to‘qimachilik sohasidagi 1,5 mingdan ortiq yirik va o‘rta korxonalardan atigi 244 tasida xalqaro sertifikat mavjud. Shu bois yig‘ilishda Savdo-sanoat palatasiga ushbu korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatish, ularni xalqaro sertifikat olish jarayoniga keng jalb etish topshirildi.

Quyidagi aniq vazifalar belgilandi:

Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida xalqaro sertifikatga ega korxonalar sonini 20 taga yetkazish;

Qolgan barcha hududlarda kamida 10 tadan korxonani sertifikatlash jarayoniga jalb etish.

Bu chora-tadbirlar mahsulotlarning qo‘shilgan qiymatini oshirish, eksport hajmini kengaytirish va xalqaro bozorlarda raqobatbardosh bo‘lishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Milliy brend – xalqaro maydonga olib chiqilmoqda

Yig‘ilishda yana bir dolzarb yo‘nalish – milliy brendlarni rivojlantirish masalasi ham ko‘tarildi. Shu bois Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil etilishi belgilandi. Bu kompaniya quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:

xorijdan malakali dizayner, marketing va PR mutaxassislarini jalb etish;

xalqaro sertifikatga ega, sifatli va eksportbop kamida 50 ta milliy mahsulotni tanlab olish;

tanlab olingan mahsulotlarni targ‘ib qilish, sifat belgilari bilan ta’minlash va xalqaro brendga aylantirish.

Ushbu tizim orqali milliy mahsulotlar xorij bozorlarida o‘z o‘rnini topishi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlari to‘liq namoyon bo‘lishi kutilmoqda.

Xulosa o‘rnida, bugungi islohotlar jarayoni ko‘rsatmoqdaki, sifatli ishlab chiqarish, xalqaro talabga javob beruvchi sertifikat va brend siyosati – zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas bo‘lagiga aylanmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbuslar yaqin kelajakda milliy mahsulotlar eksporti va raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshiradi.

Davlat, jamiyat va xususiy sektor bu boradagi harakatlarni uyg‘unlashtirgan taqdirda, nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki milliy mahsulotlarimizning dunyo miqyosida e’tirof etilishi ta’minlanadi.

A.Kamolov

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati