Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon shahrida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gafurdjan Muxamedov Parkent tumanidagi o‘z saylov okrugi hududiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlari (MFY) faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Shaxnoza Abduraximova Toshkent tumani “Ayri ota” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo`lib o`tdi.
янв.21
3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Yurakdan yurakka” nomli inklyuziv ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulira'no Umarova Oqqo`rg`on tumanidagi Yoshlik, Guliston MFY dagi mahalla xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a'zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyun kunidagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-283 sonli qarorining 17,18-bandi ijrosi yuzasidan markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari o`rganildi
янв.21
"Deputat va yoshlar uchrashuvi"
янв.21
Ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyun kunidagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-283 sonli qarorining 7-bandida belgilangan topshiriq ijrosi o`rganilmoqda.
Sharq va G‘arb o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik!

 Sharq va G‘arb o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik! 

Jahonda geosiyosiy va geoiqtisodiy ziddiyatlar, mintaqaviy nizolar va iqlim o‘zgarishi oqibatlari kuchayib borayotgan bugungi murakkab vaziyatda Turkiy davlatlar o‘rtasida strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik, jipslashish dolzarb ahamiyat kasb etadi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban raisligida o‘tgan ushbu sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev,
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti
Sadir Japarov, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an hamda Turkiy davlatlar tashkiloti
bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev qatnashdi.
 

Sammitda ko‘p qirrali aloqalarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. 

Davlatimiz rahbari nutq so‘zlab so‘zining avvalida shiddat bilan o‘zgarib borayotganini qayd etdi. 

Prezidentimiz dolzarb xalqaro muammolarni hal etishda, birinchi navbatda, xalqaro huquq normalari va BMT Nizomiga tayangan holda tashkilot davlatlarining umumiy yondashuv va pozitsiyalarini mustahkamlash muhimligini qayd etdi. 

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga to‘xtalar ekan, O‘zbekiston yetakchisi bu borada ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligini ko‘rsatib o‘tdi
va qator yangi takliflar bildirdi.
 

Prezidentimiz savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-kommunikatsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, Tashkilot mamlakatlarining umumiy tashqi savdo aylanmasida o‘zaro savdo ulushini oshirish maqsadida “Turk-treyd” onlayn platformasini yaratish va Tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha amaliy dastur qabul qilish
taklif etildi.
 

Transkaspiy xalqaro yo‘lagi orqali yuk tashish hajmining o‘sishini ta’minlash va bojxona-chegara tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida davlatimiz rahbari ushbu yo‘nalish bo‘ylab “yagona darcha” va “yashil yo‘laklar” tizimini tez fursatda joriy etishga chaqirdi. Bu boradagi
hamkorlikni kengaytirish maqsadida joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida Turkiy davlatlarning multimodal transport va logistika xalqaro forumini o‘tkazish rejalashtirilganligini
ma’lum qildi.
  

Davlatimiz rahbari Turkiy investitsiya jamg‘armasi ta’sis etilganini olqishlab, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Qo‘shma venchur kompaniyasi va Tashkilotga a’zo mamlakatlarning investitsiyaviy imkoniyatlarini taqdim etadigan yagona portal tashkil etish muhim ekanini ta’kidladi. 

Sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida kimyo, energetika, tog‘-kon, yengil sanoat, farmasevtika, charm-poyabzal, oziq-ovqat va qurilish tarmoqlarida yirik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish taklif qilindi. 

Davlatimiz rahbari iqlim kun tartibiga to‘xtalar ekan, yaqinda Samarqand shahrida o‘tgan Xalqaro iqlim forumi davomida “yashil” taraqqiyot sohasida global va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator muhim tashabbuslar ilgari surilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning Budapesht shahrida Qurg‘oqchilikning oldini olish institutini
ishga tushirish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Uning faoliyatiga ko‘maklashish va maqsadli loyihalarga kengroq jalb qilish uchun qurg‘oqchilik va ekologik muammolarning
oldini olish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish taklif qilindi.
 

O‘zbekiston Prezidenti fan, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universitetining ochilishi
tashkilotga a’zo mamlakatlarning ta’lim dasturlarini amalga oshirish va iqtidorli yoshlarni tayyorlashga munosib hissa bo‘lishi ta’kidlandi.
 

O‘zbekiston yetakchisi Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti - TURKSOY faoliyati va tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda Turkiy madaniyat jamg‘armasi kengashining navbatdagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etdi. 

So‘zining yakunida O‘zbekiston Prezidenti turkiyalik atoqli olim, biokimyogar, Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjarni Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotga sazovor bo‘lgani bilan tabrikladi. 

  

  

  

  

https://t.me/Xalq_Deputatlari_Uchquduq 

Xalq deptatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati  

E.I.Normurodov  

  

   

Slide 1 of 1