Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon shahrida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gafurdjan Muxamedov Parkent tumanidagi o‘z saylov okrugi hududiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlari (MFY) faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Shaxnoza Abduraximova Toshkent tumani “Ayri ota” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo`lib o`tdi.
янв.21
3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Yurakdan yurakka” nomli inklyuziv ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulira'no Umarova Oqqo`rg`on tumanidagi Yoshlik, Guliston MFY dagi mahalla xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a'zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyun kunidagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-283 sonli qarorining 17,18-bandi ijrosi yuzasidan markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari o`rganildi
янв.21
"Deputat va yoshlar uchrashuvi"
янв.21
Ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyun kunidagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-283 sonli qarorining 7-bandida belgilangan topshiriq ijrosi o`rganilmoqda.
Deputatlar aholi muammolarini o`rganishda davom etmoqda

Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-Tolbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna va “Tolbuloq” MFY raisi M.Ashirqulovlar tomonidan “Tolbuloq” MFY Xamza ko`chasida yashovchi fuqarolar Y.Suhanbarov hamda I.Jujjiyevlarning murojaati o`rganib chiqildi. Fuqarolar mahalladagi yuqori kuchlanishli elektr simyog`ochlar eskirganligi va aholi uchun xavfli holatda ekanligini aytib, ularni yangi elektr sim ustunlariga almashtirish zarurligi bo`yicha murojaat etishdi. Deputat Y.Uboydullayeva fuqarolarga holat yuzasidan tegishli muassasalar bilan qonuniy yechim topish uchun zarur ishlar amalga oshirilishini aytib o‘tdi. Fuqaro murojaati bo`yicha jamoatchilik nazorati o`rnatildi. 

Slide 1 of 6