Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi, Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
янв.21
TA’LIMGA BO‘LGAN E’TIBOR
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
“Deputat mahallada”
янв.21
O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashi deputati S Ismailova To‘rtko‘l tumanidagi “Yangiobod”, “Ibn-Sino”, aholisi bilan uchrashdi. Uchrashuvda S.Ismailova Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda yurtimiz taraqqiyoti va aholining turmush farovonligini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati, ayniqsa Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun qabul qilingan Farmon va Qarorlar asosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berdi.
янв.21
To‘rtko‘l XDP: Partiya guruhi yig‘ilishida muhim vazifalar belgilab olindi
янв.21
To‘rtko‘l tumani “Mash’al” MFY va “Yaxtilik” MFY hududida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yu.Matniyazov hamda Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Z.Abdullayevalar o‘z saylovchilariga 2025 yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik ishlari to‘g‘risida hisobot berdi.
янв.21
To‘rtko‘l tumani "Oqboshli" OFY hududida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Baynazarov hamda Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Z.Abdullayevalar o‘z saylovchilariga 2025 yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik ishlari to‘g‘risida hisobot berdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TO‘RTKO‘L TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OLTINCHI SESSIYАSI BO‘LIB O‘TDI
O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda 

           Mustaqil yangi O‘zbekistonimiz yana bir muhim tarixiy voqeylik ostonasida turibdi. Joriy yilning 3-4 aprel kunlari Samarqand shaxrida “Markaziy Osiyo –Yevropa Ittifoqi” birinchi sammit tadbirlari o‘tkazildi. 

Tadbirga mezbonlik nafaqat tarixiy, balki ramziy ma’noga ham ega. 

Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga intilishga katta ahamiyat qaratilmoqda. 

Shu boisdan ham mazkur tadbir yurtimizning ezgu tamoyillarga sodiqligini yana bir bor isbotlab, xalqaro darajadagi nufuzini yanada mustahkamlash bilan birga mintaqalar o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa
ochadi.

Bunday muloqotni tashkil etish faktining o‘zi xam Yevropa Ittifoqining hamkorligini rivojlantirishdan manfaatdor ekanligi va Markaziy Osiyo davlatlari bilan sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga intilishidan dalolatdir.

So‘nggi yillarda Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Bu esa xalqaro aloqalarni izchil kengaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. 

Samarqand sammitida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitim imzolanishi rejalashtirilgan.

Ushbu tadbir oldidan Yevropa Kengashi prezidenti Antonio Kosta – “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo bilan hamkorligimiz bir martalik narsa emas, biz uzoq muddatli hamkorlikka intilamiz”, – dedi. 

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Samarqand Sammiti mintaqalar o‘rtasidagi ko‘p qirrali muloqotni yanada rivojlantirib, aloqalarning kengayishi bilan birga, strategik ahamiyatga ega sohalardagi hamkorlikni yanada
yangi bosqichga olib chiqishga imkoniyatlar yaratdi.
 

  

Soxiba Ismailova, O‘zXDP a’zosi To‘rtko‘l tuman Kengashi deputati,  

Slide 1 of 1