O‘rganish ishlari
davom etmoqda. Navbatdagi manzil To‘rtko‘l tumani
♻️ O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya
fraksiyasi a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi
partiya fraksiyasi, Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi partiyamiz
guruhlari a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar
va ularning natijadorligi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganish ishlarini olib
bormoqda.
✅O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi
bo‘lim boshlig‘i J.Bekturdiyev, O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika
Kengashi bo‘lim boshlig‘i N.Kishanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i
Kengesi deputatlari, O‘zXDP fraksiyasi a’zolari S.Gichgeldiyeva, Z.Abdullayevalar
To‘rtko‘l tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Kambag‘allikni
qiskartish va bandlik bo‘limi vakillari bilan fuqarolarga ijtimoiy xizmat
ko‘rsatish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash
jarayonida yuzaga kelayotgan mavjud muammolar bo‘yicha muloqot qilib, sohadagi
islohotlar, kelgusi vazifalar atroflicha muhokama qilindi.