Xalq deputatlari
Furqat tumani Kengashining navbatdagi ikkinchi sessiyasi
bo‘lib o‘tdi
Bugun Xalq deputatlari
Furqat tumani Kengashining navbatdagi ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq
deputatlari tuman Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalargi aloqador davlat
va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishi
Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalari tarkibini tasdiqlash, tuman
Kengashining ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomasini tasdiqlash, tuman Kengashi Kotibiyati
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash, hamda
Xalq deputatlari
Furqat tuman Kengashining 2024 yil 1 fevral kungi VI-72-4-11-164-K/24-sonli qarorga
o‘zgartirish kiritish masalalardan iborat bo‘ldi.
Sessiya yakunida
ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli
qarorlari qabul qilindi.