11-oktabr – “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi deputati S.Napisova . Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan
hamkorlikda 1-sonli umumta'lim maktabida “Qizlar - millat tayanchi” shiori ostida ko‘rik tanlov bo‘lib o‘tdi. Tanlovda tumandagi 11 ta umumta’lim maktablaridan ishtirok etgan qizlar jamoasi 4 ta shart: tanishtiruv, bahrubayt, milliy raqs va millatimizning eng qadimiy urf-odatlaridan biri bo‘lgan alla aytish bo‘yicha bellashdilar. Har bir ijro etilgan alla va milliy raqslar yig‘ilganlarga o‘zgacha taassurot qoldirdi.
Tanlovda ishtirokchilarini Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi deputati S.Napisova nomidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.