2024-yilning 12-oktabr kuni Navoiy shahridagi viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida Konimex tumanidan “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti” nominatsiyasida 1-o‘rinni Konimex tumani “Lider” yoshlar va ayollar markazi rahbari G.Kuvatova qo‘lga kiritdi va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.