Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
J.Yeshniyazova tomonidan  "Keriz" ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOMDI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI YeTTINCHI CHAQIRIQ IKKINCHI SESSIYASI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Хотин-қизлар муаммоларини ўрганиш ва ҳал этиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” қарори мувофиқ Ижтимоий аҳволи ва турмуш шароити оғир, ишсиз ва ижтимоий фаол бўлмаган хотин-қизлар учун тиббий, ҳуқуқий ва психологик ёрдам кўрсатишга алоҳида эътибор қаратилади.
янв.21
“Энг яхши ижтимоий ташаббус” республика танловининг Навоий вилоят босқичи ғолиблари тақдирланди
янв.21
Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi yetmish sakkizinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Tuman Kengashining 77-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuv
янв.21
Uchrashuv
янв.21
Fuqarolar bilan uchrashuv
«Саховат – азалий кадрият»

 “Sahovat – azaliy qadriyat” 

  

Dunyoda inson
yashar ekan albatta u atrofidagilar bilan aloqa o‘rnatadi. Bu bog‘lanishsiz
inson jamiyatda yashay olmaydi. Shu sababdan insonlarning bir-birlariga hojati
tushadi. Kimlarningdir ma’naviy va iqtisodiy ko‘magi va yordamiga muhtoj
bo‘ladi.
 

Xalq deputatlari
Farg‘ona tuman Kengashi deputati Axrorbek Erkaboyev tashabbusi bilan Oqbilol
mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi mana shunday extiyojmand
oilaga homiylar qo‘llab-quvvatlashi orqali 3 xonali yangi uy-joy qurish
bo‘yicha boshlang‘ich rejalarni amalga oshirishga kirishdilar.
 

Ushbu ehtiyojmand
xonadonda yolg‘iz ona 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan birgalikda
istiqomat qiladi. Oila boquvchisi baxtsiz voqea sababli erta dunyodan
o‘tganligi sababli ona farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanib kelmoqda.
 

Ikki nafar voyaga
yetmagan farzandlarni kelajakda boshqalardan kam bo‘lmay, yetuk shaxs
bo‘lishlari yo‘lida birlashgan sahovatpesha insonlarimiz ko‘payishini, insonlari
har doim bir-birlariga mehribon bo‘lib, qo‘llab-quvvatlashlarini tilab,
o‘zbegimning oqibatiga ko‘z tegmasin deymiz
  

Slide 1 of 3