Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Matluba Aminova tomonidan "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda Charag'bon mahallasida sayyor qabul o'tkazildi. Qabulda fuqarolardan kommunal sohaga oid (elektr energiyasi, gaz, chiqindilar), shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berildi.