Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
J.Yeshniyazova tomonidan  "Keriz" ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOMDI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI YeTTINCHI CHAQIRIQ IKKINCHI SESSIYASI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Хотин-қизлар муаммоларини ўрганиш ва ҳал этиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” қарори мувофиқ Ижтимоий аҳволи ва турмуш шароити оғир, ишсиз ва ижтимоий фаол бўлмаган хотин-қизлар учун тиббий, ҳуқуқий ва психологик ёрдам кўрсатишга алоҳида эътибор қаратилади.
янв.21
“Энг яхши ижтимоий ташаббус” республика танловининг Навоий вилоят босқичи ғолиблари тақдирланди
янв.21
Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi yetmish sakkizinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Tuman Kengashining 77-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuv
янв.21
Uchrashuv
янв.21
Fuqarolar bilan uchrashuv
Туман Кенгаши депутат махалли йеттилигын «Хонадонбай» ишлаш тизими оркали аникланайотган муаммолари бо'йича о'рганиш о'тказмокдалар

Tuman Kengashi deputatlari mahalla yettiligining “Xonadonbay” ishlash tizimi orqali aniqlanayotgan muammolari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazmoqdalar

Davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi doirasida belgilab bergan topshiriq-vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimi X.T.Inomov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazilib, yig‘ilishda “Farg‘ona tumanidagi mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish, ijtimoiy muxtoj xonadonlarga ko‘maklashish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tomorqa samarali foydalanish va boshqa yo‘nalishlarda amaliy yordamlar ko‘rsatish” hozirgi kundagi eng dolzarb vazifa ekanligini, shu sababli har bir davlat xizmatchi, har bir faollarda yanada fidokoronalik talab etilayotganligi tushuntirildi.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlari, tuman hokimining takliflari asosida mahalla yettiligi tomonidan xonadonma-xonadon xatlov o‘tkazilayotganligi, aniqlanayotgan muammo va takliflar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Fayzullo Mirzayev, O‘zbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimovlar tumanning Oqtepa MFYda bo‘lib, mahalla xodimlari rais boshchiligida xonadonma-xonadon o‘rganish o‘tkazib, xonadon egalari bilan suxbatlashib, xatlov o‘tkazilayotganligi haqida suhbatlashildi. 

Suhbat davomida chet davlatda og‘ir ahvolda qolgan yoshlar, ayollarni vatanga qaytarish, ularni ish bilan ta’minlash, ta’lim olib, hunar egallash hamda imtiyozli kredit olishlariga ko‘maklashish orqali bandliklarini ta’minlash, yoshlarni ta’lim-tarbiyaga, ahloq-odobga jalb qilish orqali ajrimlarni oldini olish lozimligi hamda ko‘rsatilayotgan har bir yordamlar bo‘yicha ma’lumotnomalarni tayyorlab, “Yig‘ma jild”ga qayd etib muhimligi haqida ta’kidlab o‘tildi.

Oqtepa mahalla raisi Ilxomjon aka mahallada istiqomat qiluvchi har bir fuqaroning fikriga, murojaatiga befarq emasligi, shu bilan birga o‘zi bilan birgalikda faoliyat olib borayotgan yettilik bilan ham juda adolatli faoliyat olib borishi bilan ajralib turadi. Ilxomjon aka bilan suhbat davomida “Mana shu fuqarolar menga ishonch bildirib, rais etib saylaganlari uchun ham bugungi kungacha charchoq bilmadim”, deya aytib o‘tdi rais.

Mana shundan xalqparvar, adolatli raislarimiz hech qachon charchamasinlar, mahallalarni bundanda obod bo‘lib, Hurmatli Prezidentimiz xohlaganlaridek xalqimiz rozi bo‘lishlari, Yurtimiz tinch, Osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Slide 1 of 1