Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati M.Bazarbaev tumandagi 1-sonli umumta'lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini oʻrgandi. Xususan, sinf xonalarining oʻquv jarayoniga tayyorgarlik holati, zarur oʻquv jihozlari taʼminlanganligi, obodonlashtirish ishlarini ko'zdan kechirdi. Maktabda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi va mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.