Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
J.Yeshniyazova tomonidan  "Keriz" ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOMDI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI YeTTINCHI CHAQIRIQ IKKINCHI SESSIYASI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Хотин-қизлар муаммоларини ўрганиш ва ҳал этиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” қарори мувофиқ Ижтимоий аҳволи ва турмуш шароити оғир, ишсиз ва ижтимоий фаол бўлмаган хотин-қизлар учун тиббий, ҳуқуқий ва психологик ёрдам кўрсатишга алоҳида эътибор қаратилади.
янв.21
“Энг яхши ижтимоий ташаббус” республика танловининг Навоий вилоят босқичи ғолиблари тақдирланди
янв.21
Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi yetmish sakkizinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Tuman Kengashining 77-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuv
янв.21
Uchrashuv
янв.21
Fuqarolar bilan uchrashuv
Xalq va davlat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik!

 Xalq va davlat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik! 

Deputatlar Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda ijtimoiy sohani rivojlantirish
masalalariga ustuvorlik berilganini e’tirof etib, aholi o‘rtasida
ishsizlikni kamaytirish, daromadlarni oshirish, fan va uzluksiz ta’limni
rivojlantirish, xotin-qizlar, yoshlarni ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, har bir insonga o‘z
salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish,
odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar
amalga oshirilganini yuqori baholaydi.
  

Jumladan; tumanimiz hokimi O.N.Qozoqov boshchiligida har bir mutassadi rahbarlar,
migrantlar bilan telefon orqali bog‘lanib, suhbatlashganliklari o‘z samarasini
beryapti. Ko‘pchiligi oilasi bag‘riga qaytdi. Ularni ish bilan ta’minlash
choralari ko‘rilmoqda.
 

“Mahalla yettiligi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgani joylarda aholi muammolarini samarali hal
etish imkonini berayotgani, aholi bilan ishlashning bunday tartibi davlat
organlari va aholi o‘rtasida o‘zaro yaqinlikni hamda ishonchli hamkorlikni
yangi pog‘onaga olib chiqayotgani alohida o‘rin tutmoqda.
 

Shuningdek; Kogon tumanidagi faol deputatlarimizdan Qodirova Vasila Akmalovna, Asadov Anvar
Nasimovich, Ravshanov Abdulaziz Xamidovich, Norov shexroz Nosir o‘g‘li,
Jo‘rayeva Nozigul, Mubinova Madina Muxiddinova, Bazarov Yo‘ldosh
Yusufjanovichlar kabi boshqa deputatlar ham “Mahalla yettiligi” xodimlari bilan
birgalikda kambag‘al oilalar xonadonini o‘rganib, ularning holidan xabar
olishmoqda. O‘rganishlar davomida tadbirkorlik asosida o‘zini-o‘zi band qilgan
oilalar kamabag‘al oilalar ro‘yxatdan chiqarildi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, hozirgi kecha-kunduzda
fuqarolarni muammolarini hal qilishda Xalq va Davlat o‘rtasidagi asosiy
vositachi bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu esa, xalqning ertangi kunga bo‘lgan
ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotganligi bilan yanada ahamiyatlidir.
 

Slide 1 of 2