Bugun, 28-may kuni Xalq deputatlari Tomdi tumani kengashining navbatdagi o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani-Kengash raisi – Tomdi tumani hokimi Orzumurod Umarov boshqarib bordi. Sessiyada tuman Xalq qabulxonasi mudiri O.Alibekov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari va kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi o‘ninchi sessiyasi KUN TARTIBI
Birinchi masala. Tumanda investisiyalarni jalb qilish va investisiya loyihalarini amalga oshirish .yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Tomdi tumani hokimining o‘rinbosari-tuman investisiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i S.Eshnazarov hisobot berdi.
Ikkinchi masalaMahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilarini 2025 yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirgan ilshari yuzasidan hisobotlari to‘g‘risida. Ayaqquduq, Sharq va Keriz OFY hokim yordamchilarining hisoboti tinglandi.
Uchinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-133-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman elektr tarmoqlari korxanasi boshlig‘i J.Qaljanov hisobot berdi.
To‘rtinchi masala. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbarining mahalliy byudjet ijrosi to‘g‘risida, tuman salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy byudjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy byudjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.boranov hisobot berdi.
Beshinchi masal. Tomdi tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida 2025 yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori I.Norovning hisoboti tinglandi.
Boshqa masalalar.