Tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kayipova “Qulumbet” ovulidagi 10-sonli maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
📝Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Mirzagaliev tomonidan Yangi-Tomdi qo‘rg‘onidagi ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, atrof hududlarining tozaligi hamda tungi yoritilish holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Abuov “Ayaqquduq” OFY hududida ichki ko‘cha yo‘llari holati hamda ko‘chalarning tungi yoritilish darajasini o‘rgandi.
Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi O.Umarov "Keregetov" OFY hududidagi bog‘ning holatini o‘rgandi.