Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MINGCHINORDA YANGI AVTOMOBIL YO‘LI QURILMOQDA

Paxtakor tumani Mingchinor mahallasi hududida Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan 8 km 450 metr uzunlikdagi beton qoplamali avtomobil yo‘li qurilmoqda.

🏗 Yo‘lning eni 7 metr bo‘lib, ikki tomonida 1,5 metrdan obochina barpo etilmoqda. Yo‘l qoplamasining umumiy qalinligi 45 smni tashkil etadi.

🌉 Shuningdek, yo‘l bo‘ylab mavjud ko‘prik va suv inshootlari yangilanmoqda.

💰 Loyiha uchun jami 23 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Mazkur loyiha hududdagi transport qatnovini yaxshilash hamda aholi uchun qulay yo‘l infratuzilmasini yaratishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari tomonidan mazkur ishlar doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 5