Xalqabod MFYdagi OSHP faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-Xalqabod saylov okrugi deputati N.Ruziyeva saylangan hududida joylashgan Xalqabod mahalla fuqarolar yig‘inidagi oilaviy shifokorlik punkti (OSHP) faoliyatini mutaxassis K.Abdullayeva tomonidan o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida:
— aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati;
— tibbiyot muassasasidagi mavjud shart-sharoitlar;
— zarur dori-darmon va tibbiy vositalar bilan ta’minlanganlik holati;
— fuqarolarning murojaatlari va ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
📖 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asos qilib olindi.
Xalq salomatligi — eng ustuvor vazifalardan biridir!