Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

FUQAROLAR MUAMMO VA TAKLIFLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA

FUQAROLAR MUAMMO VA TAKLIFLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq bilan ochiq muloqot qilish, fuqarolarning murojaatlarini tinglash va ularning muammolariga amaliy yechim topish — xalq deputatlari Kengashlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputati K. Abdullayeva tomonidan hududlarda fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning muammo, murojaat va takliflari tinglandi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalar batafsil o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirildi. Aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda amaliy yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, ishonchga esa mustahkam poydevordir.

Slide 1 of 4