Fuqarolar murojaati e’tibor markazida.
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi, 6-“Qorasuv” saylov okrugi deputati J. Raximqulov tomonidan saylov okrugi hududidagi Qorasuv va Gulzor mahallalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida fuqarolar bilan uchrashilib, ularning murojaatlari tinglandi. Xususan, fuqarolarning yordam puli ajratilishi masalasidagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati o‘rganilib, ularni amaldagi tartib va qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda muammolarni joyida hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.