35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
янв.21
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
QONUNNI BILING!
янв.21
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
📌 HUDUDLARDAGI O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratova tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari va mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida Mang‘obod mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Tashrif davomida mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari, obodonlashtirish ishlari, fuqarolarni qiynayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholi bilan muloqot jarayonida bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish hamda yechim topish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Hududlarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida aniqlash va samarali yechimlarni ishlab chiqishga xizmat qilmoqda.

Xalq bilan muloqot — amaliy natijalar garovi! 🇺🇿