35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
янв.21
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
QONUNNI BILING!
янв.21
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan amaliy ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Kengashning “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zosi X.Abdullayev tomonidan Qo‘qon shahar soliq inspeksiyasida olib borilgan o‘rganish ishlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Qo‘qon shahar soliq inspeksiyasi bosh inspektori A.Muxammedjanov bilan uchrashuv o‘tkazilib, Farmonda belgilangan vazifalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar olindi.

Xususan, uchrashuv davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi:
Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, soliq organlari faoliyatining samaradorligini oshirish va boshqaruv tizimini zamonaviy talablar asosida tashkil etish;
Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish hamda tadbirkorlar uchun qulay va shaffof xizmatlar ko‘lamini kengaytirish;
Soliq xavflarini boshqarish tizimini takomillashtirish, tahliliy yondashuvlar asosida soliq nazoratini kuchaytirish va huquqbuzarliklarning oldini olish;
Yirik soliq to‘lovchilar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning faoliyatini samarali monitoring qilish hamda soliq tushumlarini barqaror ta’minlash;
Soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar.

Suhbat davomida mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6