35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi
янв.21
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi
янв.21
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
янв.21
QONUNNI BILING!
янв.21
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
SAYLOV KOMISSIYALARI TARKIBIGA NOMZODLAR MASALASI KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari bo‘yicha saylov jarayonlarini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Pastdarg‘om tuman saylov komissiyasi raisi Z. Safarovning xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashiga bo‘shab qolgan 1-Go‘zalkent va 20-Arabxona saylov okruglari bo‘yicha deputatlik o‘rniga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish yuzasidan axboroti ko‘rib chiqildi.

Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi talablari, Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarorlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar, saylov uchastkalarining faoliyatini tashkil etish, uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish hamda “E-SAYLOV” axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish jarayonlari o‘rganish.